Economic Procedure Code

240-modda. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar bo'yicha mutlaq vakolatlari

(240-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 29 июндаги ЎРҚ-782-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.06.2022 й., 03/22/782/0576-сон — 2022 йил 1 октябрдан кучга киради)

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining mutlaq vakolatlariga chet ellik shaxslar ishtirokidagi quyidagi nizolar bo'yicha ishlar kiradi: 1) O'zbekiston Respublikasining davlat mulki bo'lgan mol-mulkka nisbatan nizolar bo'yicha, shu jumladan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va davlat mulkini xususiylashtirish hamda jamoat ehtiyojlari uchun mulkni olib qo'yish bilan bog'liq nizolar bo'yicha ishlar; 2) predmeti ko'chmas mol-mulk bo'lgan nizolar bo'yicha, agar bunday mol-mulk O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo'lsa, yoki bunday mol-mulkka bo'lgan huquqlar to'g'risidagi nizolar bo'yicha ishlar. O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida chet ellik shaxslar ishtirokidagi boshqa ishlar ham iqtisodiy sudlarning mutlaq vakolatlariga kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.