Economic Procedure Code

207-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni

(207-модда иккинчи қисмининг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi ariza ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lishi kerak. Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi arizada quyidagilar ham ko'rsatilgan bo'lishi kerak: 1) aniqlanishi talab qilinayotgan fakt; 2) mazkur fakt iqtisodiyot sohasida yuridik oqibatlar keltirib chiqarishi nazarda tutilgan qonunchilik hujjati normalari; 3) ushbu faktni aniqlash zarurligining asosi; 4) arizachi tomonidan tegishli hujjatlarni olish yoki yo'qotilgan hujjatlarni tiklash imkoni yo'qligini tasdiqlovchi dalillar. Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi arizaga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.