Economic Procedure Code

205-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi ishlar

(205-модда иккинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 14 мартдаги ЎРҚ-759-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.03.2022 й., 03/22/759/0213-сон)

Sud yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning iqtisodiyot sohasidagi huquqlarining yuzaga kelishi, o'zgartirilishi yoki bekor bo'lishi uchun ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlaydi. Sud: yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ko'chmas mulkka o'z xususiy mulki sifatida egalik qilishi va undan foydalanishi faktini; yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ma'lum vaqtda va ma'lum joyda davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi faktini; agar yuridik shaxsning hujjatda ko'rsatilgan nomi, yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi yuridik shaxsning ta'sis hujjatida ko'rsatilgan nomiga, yakka tartibdagi tadbirkorning pasportida yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasida yoxud tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasida ko'rsatilgan familiyasiga, ismiga, otasining ismiga to'g'ri kelmasa, iqtisodiyot sohasida amalda bo'lgan huquqni belgilaydigan hujjatning yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga tegishliligi faktini aniqlash to'g'risidagi ishlarni ko'radi. Sud yuridik ahamiyatga ega bo'lgan boshqa faktlarni ham, agar qonunchilikda ularni aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo'lsa, aniqlashi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.