Economic Procedure Code

199-modda. Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddatlari

Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek ajrim ishning kelgusidagi harakatiga to'sqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Boshqa ajrimlar ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi, lekin bu ajrimlarga qarshi e'tirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan qilingan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qo'shib qo'yilishi mumkin. Agar ushbu Kodeksda boshqa muddat belgilanmagan bo'lsa, ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran bir oydan oshmagan muddatda uning ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.