Economic Procedure Code

19-modda. Ishni ko'rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo'l qo'yilmasligi

(19-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Ishni birinchi instantsiya sudida ko'rishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instantsiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo'lsa, shu ishni birinchi instantsiya sudida yangidan ko'rishda ishtirok eta olmaydi, bundan yangi ochilgan holatlar bo'yicha ishlarni ko'rish hollari mustasno. Ishni birinchi instantsiya sudida ko'rishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok eta olmaydi. Ishni apellyatsiya instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instantsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok eta olmaydi. Ishni kassatsiya instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instantsiya yoki apellyatsiya yoxud taftish instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok eta olmaydi. Ishni taftish instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudida ko'rishda, shuningdek ishni yuqori instantsiya sudida taftish tartibida qayta ko'rishda ishtirok eta olmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.