Economic Procedure Code

18-modda. Masalalarni sudyalar hay'ati tarkibi tomonidan hal qilish tartibi

Sud tomonidan ish hay'at tarkibida ko'rilayotganda yuzaga keladigan masalalar sudyalar tomonidan ko'pchilik ovoz bilan hal qilinadi. Sudyalardan birortasi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Majlisda raislik qiluvchi sudya hammadan keyin ovoz beradi. Ko'pchilikning fikriga qo'shilmagan sudya sud hujjatiga imzo qo'yishi shart va u o'zining alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli, alohida fikr muhrlangan konvertda ishga qo'shib qo'yiladi, lekin e'lon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. Yuqori instantsiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.