Economic Procedure Code

172-modda. Sud majlisida tanaffus

Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga yoki o'z tashabbusiga ko'ra sud majlisida tanaffus e'lon qilishi mumkin. Sud majlisida tanaffus uch kundan oshmagan muddatga e'lon qilinishi mumkin. Tanaffus haqida sud majlisi bayonnomasida ko'rsatiladi. Tanaffus tugaganidan keyin sud majlisi davom ettiriladi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisida e'lon qiladi. Tanaffusdan oldin tekshirilgan dalillarni takroran ko'rib chiqish amalga oshirilmaydi, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vakillari almashtirilganda ham amalga oshirilmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tanaffus e'lon qilinguniga qadar sud majlisida hozir bo'lganligidan yoki bo'lmaganligidan qat'i nazar, sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan hisoblanadi hamda ularning tanaffus tugaganidan keyin sud majlisiga kelmaganligi sud majlisini davom ettirishga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.