Economic Procedure Code

170-modda. Da'vo arizasi yuzasidan yozma fikr, qo'shimcha dalillar taqdim etilmaganda, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar kelmaganida nizoni hal qilish

(170-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud da'vo arizasi yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qo'shimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar bo'yicha ko'rishga to'sqinlik qilmaydi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan da'vogar sud majlisiga kelmasa, da'vogarning ishni uning yo'qligida ko'rish to'g'risidagi arizasi bo'lgan taqdirda, nizo uning yo'qligida hal qilinishi mumkin. Ish muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisiga kelmasa, nizo ularning yo'qligida hal qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.