Economic Procedure Code

162-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash to'g'risidagi ajrim

(162-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 10 мартдаги ЎРҚ-607-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 11.03.2020 й., 03/20/607/0279-сон)

Sudya da'vo arizasi kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay, sudgacha majlis o'tkazilgan hollarda esa da'vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qo'zg'atilgan kundan e'tiboran o'n kundan kechiktirmay ishni sud muhokamasiga tayyorlash to'g'risida ajrim chiqaradi, unda o'zi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak bo'lgan muddatlar, sud muhokamasini o'tkazish vaqti va joyi ko'rsatiladi. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo'yicha harakatlar da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo'zg'atish to'g'risidagi ajrimda bayon etilishi mumkin, bundan ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog'ida sudgacha majlis o'tkazish hollari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.