Economic Procedure Code

157-modda. Da'voning asosini yoki predmetini, da'vo talablari miqdorini o'zgartirish, da'vodan voz kechish

(157-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Da'vogar ishni birinchi instantsiya sudida ko'rish chog'ida ishning mazmunan ko'rilishi yakuni bo'yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar da'voning asosini yoki predmetini o'zgartirishga, da'vo talablarining miqdorini ko'paytirishga yoki kamaytirishga haqli. Da'vogar ishni har qanday instantsiya sudida ko'rishda tegishli sud instantsiyasida ishni ko'rish yakuni bo'yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar da'vodan to'liq yoki qisman voz kechishga haqli. Sud da'voning asosi va predmeti bir vaqtda o'zgartirilishini qabul qilmaydi. Sud da'vodan voz kechishni, da'vo talablari miqdorini kamaytirishni ham, agar bu qonunchilikka zid bo'lsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi. Bunday hollarda sud ishni mazmunan ko'radi. Da'voning asosini yoki predmetini o'zgartirishni, da'vo talablari miqdorini ko'paytirishni yoki kamaytirishni, da'vogarning da'vodan to'liq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud qabul qilishni rad etish to'g'risida ajrim chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.