Economic Procedure Code

148-modda. Ish qo'zg'atish asoslari

Sud: 1) manfaatdor shaxslarning arizalari bo'yicha; 2) prokurorning arizasi bo'yicha; 3) davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun bo'yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega bo'lgan hollarda, shu davlat organlarining va boshqa shaxslarning arizalari bo'yicha ish qo'zg'atadi. Agar qonunda muayyan toifadagi nizolar uchun sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa, faqat taraflar o'zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko'rganlaridan keyingina sudda ish qo'zg'atilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.