Economic Procedure Code

142-modda. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaga e'tiroz

Qarzdor kreditorning talablariga qarshi e'tirozini sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaning ko'chirma nusxasi unga topshirilgan paytdan e'tiboran o'n kunlik muddatda sudga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Qarzdorning e'tirozni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi, shuningdek uning bildirilgan talabga roziligi sud buyrug'ini berish uchun asos bo'ladi. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaga e'tiroz qarzdor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan e'tirozga ishonchnoma ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.