Economic Procedure Code

133-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish

(133-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi masala qaysi sudning ish yurituvida bo'lsa, o'sha sud tomonidan sud majlisida ko'riladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi masalani ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi. Sud kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risida ajrim chiqaradi, unda ish yuritish tugatilganligi ko'rsatiladi. Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko'rgan birinchi instantsiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan e'tiboran o'n besh kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha ko'riladi. Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimning xulosa qismida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) kelishuv bitimining shartlari; 2) kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi xulosa; 3) sud xarajatlarini taqsimlash; 4) ish yuritishni tugatish haqidagi ma'lumot. Apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instantsiyasi sudining kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi qarorining xulosa qismida ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan ma'lumotlardan tashqari, ish bo'yicha avval qabul qilingan barcha sud hujjatlarini bekor qilish haqidagi ko'rsatma bo'lishi kerak. Sudning ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi ajrimining xulosa qismida kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa bo'lishi kerak. Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi sud hujjati ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajaradi. Sud tomonidan tasdiqlangan, kelishuv bitimida nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ijro etilmagan kelishuv bitimi uni tuzgan shaxsning iltimosnomasi bo'yicha sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida, bitimning ushbu Kodeks V bo'limi qoidalariga binoan, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusi bilan majburiy ijro etilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.