Agar sud iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi o'ziga yuborilgan ajrimning ko'chirma nusxasini olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilinganligi to'g'risida sud majlisi boshlanguniga qadar ma'lumotlarga ega bo'lsa, ushbu ishtirokchi tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar:
ajrim yo'llangan shaxs ajrimning ko'chirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish qayd etilgan bo'lsa;
sud tomonidan yuridik shaxsning sudga ma'lum bo'lgan oxirgi joylashgan yeri (pochta manzili), fuqaroning yashash joyi bo'yicha yuborilgan ajrimning ko'chirma nusxasi oluvchi ko'rsatilgan manzilda yo'qligi sababli topshirilmagan va bu haqda aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan bo'lsa;
ajrimning ko'chirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan e'tiboran uch kun o'tgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn128-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.