Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat o'tishi bilan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yo'qotadi. Bu holatda protsessual muddatlarning o'tishi ko'rsatilgan shaxslarni o'z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Protsessual muddatlar o'tganidan keyin berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar o'tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to'g'risida iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud uni qanoatlantirish rad etilgan bo'lsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
lex.uz’dagi asl matn121-modda. Protsessual muddatlarni o'tkazib yuborish oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.