Economic Procedure Code

11-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi

(11-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонунига асосан олтинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)

Iqtisodiy sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o'tkaziladi. Davlat sirini, tijorat sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur bo'lgan taqdirda ishni yopiq sud majlisida eshitishga yo'l qo'yiladi. Ishni yopiq sud majlisida videokonferentsaloqa rejimida eshitishga yo'l qo'yilmaydi, bunday majlisning audio- va videoyozuvlari amalga oshirilmaydi. Eshitish yopiq sud majlisida o'tkazilgan taqdirda ishni elektron shaklda shakllantirishga yo'l qo'yilmaydi. Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish to'g'risida ajrim chiqariladi. Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o'qib eshittiriladi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari sudning rasmiy veb-saytida taraflarning roziligi bilan yoki shaxsi ko'rsatilmagan tarzda e'lon qilinadi, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.