«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

66-modda. O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish

Quyidagilar o'z kuchini yo'qotgan deb topilsin: 1) O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Chet el investitsiyalari to'g'risida»gi 609-I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5-6, 91-modda); 2) O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida»gi 611-I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5-6, 93-modda); 3) O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan «Investitsiya faoliyati to'g'risida»gi 719-I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 9 dekabrda qabul qilingan O'RQ-380-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 12, 342-modda); 4) O'zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi 832-I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 229-modda) XXIII bo'limi; 5) O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 12 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi 568-II-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 1-2, 18-modda) XXII va XXIV bo'limlari; 6) O'zbekiston Respublikasining 2005 yil 16 sentyabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi O'RQ-6-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 310-modda); 7) O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrda qabul qilingan «Soliq to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi O'RQ-197-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 640-modda) 23, 24 va 27-moddalari; 8) O'zbekiston Respublikasining 2012 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Soliq va byudjet siyosatining 2013 yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari qabul qilinganligi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'RQ-343-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 12, 334-modda) 3-moddasi; 9) O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 20 yanvarda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'RQ-365-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 1, 2-modda) 16 va 17-moddalari; 10) O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 18 aprelda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'RQ-429-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017 yil, № 4, 137-modda) 7-moddasi; 11) O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida»gi O'RQ-446-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017 yil, № 9, 510-modda) 40-moddasi; 12) O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 26 iyulda qabul qilingan «Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'RQ-488-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 7, 433-modda) 2-moddasi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.