Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat:
yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aktsiyalar (ulushlar) sotib olish yo'li bilan ishtirok etish;
O'zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog'ozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish;
kontsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, o'zlashtirish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir kontsessiyalarni olish, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish;
mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan mulk huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obro'sini (gudvillni) olish;
yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini olish.
Investorlar qonunchilikka zid bo'lmagan boshqa shakllarda ham investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Investitsiya faoliyati investitsiyalar kiritishning turli shakllarini birlashtirish vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiyalarning birlamchi yoki takroran kiritiladigan shakllari o'zgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi darajasi o'zgarishiga olib kelmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun
6-modda. Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari
(6-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-871-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.10.2023 й., 03/23/871/0797-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.