Investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida har qanday chet davlat fuqarolari va O'zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish huquqiga ega. Bunday shaxslar mehnat shartnomasining butun amal qilish davrida tegishli ko'p martalik vizalarni olgan holda O'zbekiston Respublikasi hududiga kirish va uning hududida bo'lish huquqiga ega.
Chet ellik xodimlar mehnatiga haq to'lash, ularga ta'til berish, ularni pensiya bilan ta'minlash masalalari ushbu xodimlarning har biri bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida hal etilishi kerak. Ushbu xodimlarning ish haqi va qonuniy yo'l bilan olingan boshqa daromadlari qonunda belgilangan soliq va to'lov to'langandan keyin ular tomonidan boshqa davlatlarga hech bir cheklovlarsiz o'tkazilishi mumkin.
Investor, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona chet ellik xodim uchun pensiya ta'minoti bo'yicha to'lovlarni ushbu xodimning doimiy yashash joyi bo'lgan mamlakatning tegishli fondlariga o'tkazishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun
48-modda. Chet ellik xodimlarni jalb qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.