«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

35-modda. Investitsiyaga oid soliq krediti

Investorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida ularga investitsiyaga oid soliq krediti berilishi mumkin va ushbu kredit soliq majburiyatini bajarish muddatini o'zgartirish shakli bo'lib, bunda soliq to'lovchi bo'lgan investorga belgilangan muddat ichida ushbu investor to'lashi kerak bo'lgan soliq to'lovlarini kredit summasini va hisoblangan foizlarni O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq keyinchalik bosqichma-bosqich to'lagan holda kamaytirish imkoniyati beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.