Davlat investitsiyalarning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq himoya qilinishini kafolatlaydi.
Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari natsionalizatsiya qilinmaydi.
Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiylar va favqulodda xususiyatga ega bo'lgan boshqa hollar mustasno.
Investitsiyalarni rekvizitsiya va ekspropriatsiya qilish to'g'risidagi qaror rekvizitsiya yoki ekspropriatsiya qilishning quyidagi talablariga rioya qilingan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi:
investorlarning ushbu modda uchinchi qismida ko'rsatilgan holatlardan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan investitsiyalari yoki boshqa aktivlarining minimal hajmi bilan cheklansa;
kamsitilmaydigan asosda amalga oshirilsa;
yetkazilgan zararga monand kompensatsiya to'lash bilan birga amalga oshirilsa. Davlat mazkur kompensatsiya to'lovlari o'z vaqtida amalga oshirilishining kafili sifatida ish yuritadi.
Investor sud va arbitraj tartibida, xususan, quyidagilar yuzasidan nizolashishga haqli:
rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish uchun foydalaniladigan maqsadning qonuniyligi;
rekvizitsiyaning (ekspropriatsiyaning) miqdori;
rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinayotgan investitsiyalarni va boshqa aktivlarni baholash;
to'lanishi lozim bo'lgan kompensatsiya to'lovining muvofiqligi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish chog'ida rioya etgan tartib-taomil.
Investorlarning investitsiyalarini va tavakkalchiliklarini sug'urtalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun
21-modda. Investitsiyalarni himoya qilish
(21-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Davlat investorlarning puli va mulkini himoya qiladi. Ularning investitsiyalari olib qolinmaydi, faqat favqulodda vaziyatlarda (tabiiy ofat, epidemiya) olib qolinishi mumkin. Agar olib qolinsa, investor to'liq kompensatsiya oladi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida O'zbekistonda investitsiya qilayotgan barcha investorlarga tegishli.
**Amalda**
Xorijiy kompaniya zavod qurishga pul kiritdi. Davlat bu yerda yo'l qurish uchun zavodni olib qolmoqchi bo'lsa, kompaniyaga zarari miqdoridagi pul to'lashi kerak. Kompaniya bu qarorni sudda shikoyat qilish huquqiga ega.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.