Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha munosabatlar quyidagi hollarda yuzaga keladi:
a) sug'urta qildiruvchilarda:
ijtimoiy soliqni to'lovchilar uchun — ijtimoiy soliqni to'lash bo'yicha majburiyat yuzaga kelgan paytdan e'tiboran;
davlat ijtimoiy sug'urtasi majburiy qilinishi lozim bo'lgan shaxslar uchun — daromad hisoblangan paytdan e'tiboran;
davlat ijtimoiy sug'urtasi ixtiyoriy qilinishi mumkin bo'lgan shaxslar uchun — sug'urta badallari to'langan paytdan e'tiboran.
Bunda, agar sug'urta qildiruvchi o'zi uchun sug'urta badalini to'lasa, u davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha sug'urtalangan shaxs sifatida munosabatlarga kirishadi.
b) sug'urtalovchida — sug'urta qildiruvchi ro'yxatga olingan paytdan e'tiboran;
v) sug'urtalangan shaxslarda:
majburiy davlat ijtimoiy sug'urtasi bilan sug'urtalangan shaxslar uchun — daromad hisoblangan paytdan e'tiboran;
ixtiyoriy davlat ijtimoiy sug'urtasi bilan sug'urtalangan shaxslar uchun — sug'urta badallari to'langan paytdan e'tiboran.
lex.uz’dagi asl matnLaw on State Social Insurance (2025, sick leave and maternity benefits)
6-modda. Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha munosabatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.