Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
davlat ijtimoiy sug'urtasi — sug'urta hodisalari yuzaga kelganda sug'urtalangan shaxslarning daromadlari yo'qolishining oldini olishga qaratilgan davlat kafolatlari tizimi;
davlat ijtimoiy sug'urtasi sub'yektlari — sug'urtalovchi, sug'urta qildiruvchilar va sug'urtalangan shaxslar;
davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlar — sug'urta hodisasi yuzaga kelganda sug'urtalangan shaxsga jamg'arma mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan nafaqalar tarzidagi to'lovlar;
jamg'arma — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (bundan buyon matnda Ijtimoiy himoya milliy agentligi deb yuritiladi) Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasi bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag'lari, sug'urta badallari va boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi, yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi, sug'urtalangan shaxsga sug'urta hodisasi yuzaga kelganda davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni moliyalashtirish uchun mo'ljallangan bo'ladi;
sug'urtalovchi — Ijtimoiy himoya milliy agentligining jamg'armasi;
sug'urta staji — sug'urtalangan shaxs uchun sug'urta badallarini to'lash amalga oshirilgan davr;
sug'urtalangan shaxs — sug'urta hodisalaridan davlat ijtimoiy sug'urtasi orqali himoyalangan jismoniy shaxs;
sug'urta qildiruvchi — sug'urta hodisalari yuzaga kelganda sug'urtalangan shaxsning himoya qilinishini ta'minlash maqsadida ijtimoiy soliq va (yoki) sug'urta badallari to'laydigan shaxs.
lex.uz’dagi asl matnLaw on State Social Insurance (2025, sick leave and maternity benefits)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.