Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlar quyidagi hollarda keyingi oyning birinchi sanasidan e'tiboran to'xtatib turiladi:
sug'urtalangan shaxs yoki uning qonuniy vakili davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni to'xtatib turish haqida murojaat qilganda;
sug'urtalangan shaxs qonunda belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan deb topilganda;
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lov sug'urta hodisasi tasdiqlangan taqdirda, davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovning to'xtatib turilishiga sabab bo'lgan holatlar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi axborot tizimlaridan olingan hujjatlarga va (yoki) ma'lumotlarga asosan qayta tiklanadi.
lex.uz’dagi asl matnLaw on State Social Insurance (2025, sick leave and maternity benefits)
18-modda. Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni to'xtatib turish va qayta tiklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.