Sug'urta qildiruvchilar quyidagi huquqlarga ega:
sug'urtalovchidan davlat ijtimoiy sug'urtasi masalalari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar va sug'urtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha amalga oshiriladigan to'lovlar miqdorlari to'g'risidagi axborotni bepul olish;
o'z huquqlarini himoya qilish yoxud davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lov tayinlanishining to'g'riligini qayta ko'rib chiqish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yoki sudga murojaat qilish.
Sug'urta qildiruvchilar:
sug'urtalovchidan ro'yxatdan o'tishi va hisobdan chiqishi;
sug'urta badallarini o'z vaqtida va belgilangan stavkalar bo'yicha to'lashi;
davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarga taalluqli bo'lgan hujjatlarni tekshirish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matnLaw on State Social Insurance (2025, sick leave and maternity benefits)
10-modda. Sug'urta qildiruvchilarning huquq va majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.