Undiruvchi va qarzdor ijro ishi yuritishdagi taraflar hisoblanadi.
Ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini ko'zlab berilgan bo'lsa, o'sha shaxs undiruvchi hisoblanadi.
Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o'zini tiyish majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaxs qarzdor hisoblanadi.
Ijro ishi yuritishda bir necha undiruvchi yoki qarzdor ishtirok etishi mumkin. Ularning har biri boshqa tarafga nisbatan ijro ishi yuritishda mustaqil ishtirok etadi yoki ijro harakatlarida ishtirok etishni sheriklardan biriga topshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
9-modda. Ijro ishi yuritishdagi taraflar
(9-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2009 йил 14 январдаги ЎРҚ-199-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2009 й., 3-сон, 9-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.