Agar davlat ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda qabul qiladigan qarorlari (ijro ishi yuritishni qo'zg'atish, ijro yig'imini undirish, jarima solish va boshqalar) ijro ishini yuritishdagi taraflar va boshqa shaxslar manfaatlariga daxldor bo'lsa, davlat ijrochisi tegishli qaror chiqaradi, u ijro ishiga qo'shib qo'yiladi.
Davlat ijrochisining qarorida quyidagilar ko'rsatilishi shart:
qaror chiqarilgan sana va joy;
qarorni chiqargan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilganligi;
qaror orqali hal qilinadigan masala;
qabul qilinayotgan qarorning davlat ijrochisi amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarini ko'rsatgan holdagi asoslari;
ko'rilayotgan masala bo'yicha xulosa;
qaror ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish tartibi va muddati.
Davlat ijrochisining ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarori ma'muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzilmagan holda chiqariladi va alohida ijro ishi yuritish qo'zg'atilmasdan ijro etiladi.
Davlat ijrochisining qarori ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
86-modda. Davlat ijrochisining qarori
(86-модда иккинчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.