Qarzdordan undirilgan pul summasi ijro hujjatlari bo'yicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli bo'lmasa, bu summa undiruvchilar o'rtasida ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbat bo'yicha taqsimlanadi.
Har bir keyingi navbatdagi talablar o'zidan oldingi navbatdagi talablar to'liq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi.
Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni to'la qanoatlantirish uchun yetarli bo'lmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
79-modda. Undiruvchilarning talablarini qanoatlantirish navbati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.