«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

76-modda. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan bo'nak bilan ta'minlanishi

(76-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Ijro harakatlari amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida undiruvchi davlat ijrochilarining depozit hisobvarag'iga tegishli xarajatlarni yoxud ularning bir qismini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda bo'nak badalini o'tkazishga haqli. Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda undiruvchi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo'yicha tegishli xarajatlarni to'liq bo'nak bilan ta'minlashga haqli. Ijro harakatlari tamomlanganda bo'nak badali (ushbu Qonunning 77-moddasiga muvofiq xarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga to'liq qaytariladi, ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.