Qarzdordan yer uchastkasini majburiy olib qo'yish O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organi mutaxassisi albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi yer uchastkasini majburiy olib qo'yish kuni va vaqti haqida qarzdorni xabardor qiladi. Yer uchastkasini majburiy olib qo'yish kuni va vaqti haqida xabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga to'sqinlik qilmaydi.
Yer uchastkasini olib qo'yish to'g'risidagi ijro hujjatining ijrosi yer uchastkasi davlat ijrochisining dalolatnomasi asosida undiruvchiga o'tkazilgan paytdan e'tiboran tamomlangan hisoblanadi.
Agar undiruvchining yer uchastkasiga bo'lgan tegishli huquqi ro'yxatga olinmagan bo'lsa, davlat ijrochisi o'z qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organiga undiruvchining ijro hujjatida ko'rsatilgan yer uchastkasiga bo'lgan huquqini davlat ro'yxatidan o'tkazish majburiyatini yuklaydi. Bunda yer uchastkasini olib qo'yish to'g'risidagi ijro hujjatining ijrosi undiruvchining yer uchastkasiga bo'lgan huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran tamomlangan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
73²-modda. Yer uchastkasini olib qo'yish va o'tkazish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish
(73²-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 августдаги ЎРҚ-708-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.08.2021 й., 03/21/708/0799-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.