Davlat ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati bo'yicha ijro ishi yuritishni qo'zg'atayotganda ularni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun unga o'n besh kunlik muddat belgilaydi.
Davlat ijrochisi ijro hujjatining o'zi belgilagan muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Qarzdor ijro hujjatining talablarini davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etmagan taqdirda, davlat ijrochisi qarzdorga nisbatan ma'muriy jazo qo'llaydi, sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlagan taqdirda esa uni jinoiy javobgarlik to'g'risida yozma shaklda ogohlantiradi. Qarzdor shundan so'ng ham ijro hujjatini ijro etishdan bo'yin tovlagan taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini ko'radi;
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
71-modda. Qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning umumiy shartlari
(71-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.