«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

69-modda. Undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan summalar

(69-модданинг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas: mayib bo'lganlik yoki sog'liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli ko'rilgan zararni to'lash summalariga; xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida mayib bo'lgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bo'lgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila a'zolariga to'lanadigan summalarga; bola tug'ilganligi munosabati bilan to'lanadigan summalarga; aliment majburiyatlari bo'yicha to'lanadigan summalarga; mehnat sharoiti noqulay va o'ziga xos bo'lgan ishlar uchun to'lanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya ta'siriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda to'lanadigan summalarga; homiladorlik va tug'ish bo'yicha to'lanadigan nafaqa summalariga; dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga; qisman haq to'lanadigan ta'til davrida bolani parvarishlash uchun to'lanadigan summalarga; bola tug'ilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan to'lanadigan summalarga; xizmat safari, boshqa joyga ishga o'tkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan to'lanadigan summalarga; mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan bo'shatish nafaqasi tariqasida to'lanadigan summalarga.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.