«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

66-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori

(66-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 августдаги ЎРҚ-1082-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.08.2025 й., 03/25/1082/0750-сон)

Ijro hujjatlari bo'yicha qarz to'liq uzilgunga qadar, qarzdorga to'lanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarning ko'pi bilan ellik foizi ushlab qolinishi mumkin. Bir necha ijro hujjati bo'yicha undiruv ish haqiga va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratilganda, xodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan cheklovlar aliment majburiyatlari bo'yicha qarzdorlikni, shuningdek axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning ish haqini ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazodan va aliment majburiyatlari bo'yicha qarzdorlikdan ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining yetmish foizidan oshishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.