«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

55-modda. Mol-mulkni saqlash

(55-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Qarzdorning mol-mulki saqlash uchun qarzdorga yoki davlat ijrochisi tayinlagan boshqa shaxslarga (bundan buyon matnda saqlovchi deb yuritiladi) mol-mulkni xatlash dalolatnomasiga imzo qo'ydirgan holda topshiriladi. Davlat ijrochisi xatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi saqlovchiga topshirgan bo'lsa, o'sha saqlovchi davlat ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz bu mol-mulkdan foydalanishi mumkin emas. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha, shuningdek mol-mulkning xossalariga ko'ra, undan foydalanish uning yo'q bo'lib ketishiga yoki qimmati pasayishiga olib kelgan taqdirda, davlat ijrochisi bunday rozilikni berishga haqli emas. Agar mazkur mol-mulkdan foydalanish uning saqlanishini ta'minlash uchun zarur bo'lsa, davlat ijrochisining roziligi talab etilmaydi. Saqlovchi, agar qarzdor uning o'zi yoki uning oila a'zolari (qarzdor yuridik shaxs bo'lsa, uning xodimi) bo'lmasa, saqlaganligi uchun tegishli haq oladi. Saqlovchining mol-mulkni saqlash uchun qilgan zarur xarajatlari ham mazkur mol-mulkdan foydalanish orqali amalda olgan foydasi chegirib tashlangan holda qoplanadi. Xatlangan avtomototransport vositasi auktsion o'tkazilguniga qadar davlat ijrochisi tomonidan belgilanadigan, uning asralishi uchun tegishli sharoitlar ta'minlanadigan maxsus ajratilgan joylarda (saqlash joylarida, omborlarda, vakolatli organlar va boshqa tashkilotlarning jarima maydonlarida) saqlanadi. Xatlangan va olib qo'yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.