«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

52-modda. Undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan mol-mulk

(52-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qarzdor jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi bo'lgan yagona uyga (kvartiraga), agar qarzdor va (yoki) uning oila a'zolari unda doimiy ravishda yashayotgan bo'lsa qaratilmaydi, ijro hujjatida undiruvni mazkur uyga (kvartiraga) qaratish nazarda tutilgan yoxud ushbu mol-mulk majburiyat bo'yicha garov narsasi bo'lgan hollar bundan mustasno. Undiruv boshqa uylarga (kvartiralarga), ularda qarzdor va (yoki) uning oila a'zolari yoxud o'zga shaxslar doimiy ravishda yashab turgan-turmaganligidan qat'i nazar, qaratilishi mumkin. Undiruvchi yoki davlat ijrochisining arizasiga ko'ra, undiruv sud tomonidan qarzdorning yagona uyiga (kvartirasiga) yoxud uy hududidagi alohida turgan binoga yoki uyning muayyan qismiga, agar sud uyni (kvartirani), shu jumladan unga tutash hududni qismlarga bo'lish mumkin, qarzdor tasarrufida qolgan qismi esa qarzdor va uning oila a'zolari normal turmush kechirishi uchun yetarli deb topgan taqdirda, qaratilishi mumkin. Ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, qarzdor va uning oila a'zolari normal turmush kechirishi uchun zarur bo'lgan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlarga ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qaratilishi mumkin emas. Investor bilan davlat mulkini boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organi o'rtasida tuzilgan investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablag'lar va boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzini uzish hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.