Ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga binoan quyidagilar ijro etilishi lozim:
1) fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarning, iqtisodiy va ma'muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari;
2) jinoyat ishlari bo'yicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, shuningdek jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmlari, ajrimlari va qarorlari;
3) ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi;
3¹) Toshkent xalqaro tijorat sudining qarorlari;
4) alimentlar to'lash to'g'risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
5) notariuslarning ijro xatlari;
6) mehnat nizolari komissiyalarining qarorlari;
7) ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar;
8) hakamlik sudining qarorlari;
9) O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlari;
10) o'zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni ma'muriy tartibda ko'chirish to'g'risidagi prokurorlarning qarorlari;
11) davlat ijrochilarining ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagi qarorlari;
12) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
5-modda. Ijro etilishi lozim bo'lgan sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari
(5-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 июлдаги ЎРҚ-1158-сонли Қонунига асосан 3¹-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2026 й., 03/26/1158/0727-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 25 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.