«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

48⁶-modda. Undiruvni surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida vaqtincha saqlanayotgan pul mablag'lariga qaratish xususiyatlari

(48⁶-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida xatlangan va olib qo'yilgan, shu jumladan fuqaroviy javobgar tomonidan kiritilgan yoxud jinoiy yo'l bilan orttirilgan mablag'lar sifatida olib qo'yilgan, shuningdek ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan garov sifatida kiritilgan pul mablag'lari sud tomonidan ijro hujjati berilgan kundan e'tiboran uch ish kunidan kechiktirmay sudning tegishli qarori talablarini ijro etishga qaratilishi kerak. Davlat ijrochisining ish yuritishida bo'lgan ijro hujjatlari bo'yicha davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlariga yoki sudga mazkur organlarning depozit hisobvarag'ida vaqtincha saqlanayotgan pul mablag'larini uch kunlik muddat ichida Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag'iga o'tkazish to'g'risida talabnoma yuboradi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvarag'ida vaqtincha turgan pul mablag'larini ijro hujjati talablariga muvofiq keyinchalik taqsimlash uchun Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag'iga inkasso topshiriqnomasi orqali nizosiz tartibda hisobdan chiqarishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.