«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

48⁴-modda. Undiruvni qarzdorga tegishli bo'lgan mulkiy huquqlarga qaratish

(48⁴-модданинг биринчи қисми учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)

Ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qarzdorga tegishli mulkiy huquqlarga, xususan quyidagi huquqlarga qaratilishi mumkin: ko'chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqi; yer uchastkasiga bo'lgan huquq; intellektual mulk ob'yektlariga nisbatan mutlaq huquq; qarzdorga litsenziat sifatida oddiy nomutlaq litsenziya asosida tegishli bo'lgan intellektual faoliyat natijalaridan va shaxsiylashtirish vositalaridan foydalanish huquqi. Qarzdorga tegishli bo'lgan boshqa shaxslarga nisbatan mulkiy huquqlarga undiruv O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qaratiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.