«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

43³-modda. Majburiyatlar reyestrini yuritish

Majburiyatlar reyestrida ushbu Qonun 40-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlarida ko'rsatilgan asoslarga ko'ra yuritilishi tamomlangan ijro hujjatlariga doir ma'lumotlar vaqtincha saqlanadi. Majburiy ijro byurosi ijro hujjatlariga doir ma'lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reyestrini yuritadi. Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo'yicha qo'llanilgan taqiqlar va cheklovlar ushbu Qonun 43⁴-moddasining uchinchi qismida ko'rsatilgan asoslar yuzaga kelganda bekor qilinadi. Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo'yicha bajarilmagan majburiyatlar mavjudligi davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan onlayn rejimda tekshiriladi. Davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo'yicha Majburiy ijro byurosi bilan tezkor axborot almashinuvini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.