Ijro ishini yuritish:
1) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan qarzdorning mol-mulki yoki pul mablag'lari aniqlanganda;
2) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo'yicha ijro ishini yuritishni tugatish uchun asoslar yuzaga kelganda;
3) O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning o'rinbosarlari tomonidan davlat ijrochisining qonunga xilof va asossiz qarorlari bekor qilinganda;
4) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda qayta tiklanadi.
Ijro ishini yuritish qayta tiklanganda davlat ijrochisi darhol bu haqda qaror chiqaradi va majburiy ijro harakatlari umumiy tartibda davom ettiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
41¹-modda. Ijro ishini yuritishni qayta tiklash
(41¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.