Davlat ijrochisi sudning ijro ishi yuritishni tugatish to'g'risidagi ajrimi asosida, shuningdek davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni tugatish to'g'risidagi qarorida ijro etish bo'yicha o'zi tayinlagan barcha majburiy ijro choralarini, shu jumladan mol-mulkni xatlashni, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlarni bekor qiladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qo'yilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlar bekor qilinganligi to'g'risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ijro ishi yuritish tugatilganidan so'ng davlat ijrochisi qarzdorga davlat ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish to'g'risida ilgari chiqarilgan hamda ijro etilmagan qarorlar ijrosini davom ettiradi.
Ijro ishi yuritish tugatilgan taqdirda, ijro yig'imi ijro hujjatining faqat majburiy tartibda ijro etilgan qismi bo'yicha undiriladi. Bunda ijro ishi yuritish ushbu Qonun 37-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha tugatilgan taqdirda ijro yig'imi davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro etish choralaridan qat'i nazar, to'liq hajmda qaytariladi.
Ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjati ijro ishi yuritish materiallarida qoladi va takroran ijroga qaratilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
39-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish oqibatlari
(39-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.