«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

35-modda. Ijro ishi yuritishni to'xtatib turish

(35-модда биринчи қисмининг 6-банди Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-762-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2022 й., 03/22/762/0290-сон)

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan to'xtatib turilishi mumkin: 1) qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga ijro hujjatini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o'zgartirish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilganda; 2) qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida bo'lganda; 3) qarzdor statsionar davolash muassasasida davolanayotganda; 4) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda; 5) ro'yxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda; Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan to'xtatib turilishi mumkin: 1) davlat ijrochisi ijro etilishi lozim bo'lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish to'g'risidagi, ijro hujjatini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib ijro etish haqidagi, ijro etish usuli va tartibini o'zgartirish to'g'risidagi arizalar bilan ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga murojaat qilganda; 2) qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo'yilishi lozim bo'lgan bola qidirilayotganda; 3) davlat ijrochisi tomonidan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish to'g'risida sudga taqdimnoma kiritilganda; 4) undiruvchi iltimos qilganda. O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari ularga bo'ysunuvchi davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan shikoyat kelib tushganda, zarur bo'lgan hollarda, ijro ishi yuritishni to'xtatib turishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.