Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi deb yuritiladi) organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Pul mablag'larini undirish to'g'risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablarini ijro etish qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari qonunda nazarda tutilgan hollarda o'zga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ham ijro etilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan organlar hamda shaxslar majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
3-modda. Ijro etish organlari
(3-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.