Bitta qarzdorga nisbatan qo'zg'atilgan mulkiy tusga ega bo'lgan bir nechta ijro hujjati, shuningdek solidar javobgar bo'lgan bir nechta qarzdorga nisbatan bir undiruvchi foydasiga undiruv bo'yicha qo'zg'atilgan ijro ishi yuritishlar yig'ma ijro ishi yuritishga birlashtiriladi.
Majburiy ijro byurosining bir nechta hududiy boshqarmasi bo'linmalariga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar bo'lgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv bo'yicha ijro hujjatlari yuzasidan yig'ma ijro ishi yuritish Majburiy ijro byurosi direktori yoxud uning o'rinbosari belgilaydigan bo'linma tomonidan qo'zg'atiladi va yuritiladi.
Majburiy ijro byurosi bitta hududiy boshqarmasining bir nechta bo'linmasiga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar bo'lgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv bo'yicha ijro hujjatlari yuzasidan yig'ma ijro ishi yuritish Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmasi boshlig'i yoxud uning o'rinbosari belgilaydigan hududiy bo'linma tomonidan qo'zg'atiladi va yuritiladi.
Yig'ma ijro ishi yuritish qo'zg'atilganidan keyin kelib tushgan va yig'ma ijro ishi yuritilayotgan qarzdorga nisbatan mulkiy tusdagi talablar ko'rsatilgan ijro hujjatlari yig'ma ijro ishini yuritayotgan davlat ijrochisiga topshiriladi. Bu haqda undiruvchi, qarzdor, sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ xabardor qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
25¹-modda. Yig'ma ijro ishi yuritish
(25¹-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.