Ijara munosabatlarining ob'yektlari bo'yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o'tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari bo'yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o'tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquq boshqa shaxsga o'tgan taqdirda, ushbu ob'yekt bilan birga mazkur ob'yekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur bo'lgan yer uchastkasi ijarasiga doir huquq va majburiyatlar ham qonunga muvofiq boshqa shaxsga o'tadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab etilmaydi.
Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auktsion orqali qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga o'tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi bo'yicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga o'tadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ijara to'g'risida»gi qonun
8¹-modda. Ijara ob'yektlari bo'yicha huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o'tkazish (qayta ijaraga berish)
(8¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-871-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.10.2023 й., 03/23/871/0797-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.