Ijaraga beruvchi ijarachiga mol-mulkni u qaysi maqsadga mo'ljallagan bo'lsa, shunga mos holatda yoki shartnomada ko'zda tutilgan holatda topshirishi shart.
Ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mulkdan foydalanishga xalaqit berayotgan undagi nuqsonlar uchun, shu jumladan shartnoma tuzish chog'ida aniqlanmagan nuqsonlar uchun ham javobgardir.
Agar ijaraga beruvchi ijaraga berilgan mulkni ijarachiga foydalanish uchun o'z vaqtida bermagan bo'lsa, ijarachi undan bu mulkni talab qilib olish xamda ijroni kechiktirib yuborganligi oqibatida yetkazilgan zarar o'rnini qoplashni talab qilishga yoxud shartnomadan voz kechib, shartnomani bajarmaganlik oqibatida o'ziga yetkazilgan zararni undirib olishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Ijara to'g'risida»gi qonun
7-modda. Mol-mulkni ijarachiga berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.