«Ijara to'g'risida»gi qonun

24-modda. Korxonalar va ularning mulkiy komplekslarini ijaraga tanlov asosida berish

(Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонунига асосан 25-модданинг ўз кучини йўқотиш санаси — 2025 йил 8 май — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон)

Korxonalarni va ularning mulkiy komplekslarini ijaraga olish yuzasidan tanlov tegishli mulkni ijaraga berish huquqi bo'lgan mulkdor yoki u vakolat bergan idora tomonidan e'lon qilinadi. Tanlovda korxonalarning, ular tarkibidagi bo'linmalarning mehnat jamoalari, mazkur korxonada band bo'lmagan xodimlarni ham o'z ichiga oladigan aralash jamoalar hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin. Boshqa shartlar bir xil bo'lgan taqdirda korxona yoki uning bo'linmasini ijaraga olishda ularning mehnat jamoalari ustun huquqka ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.