«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun

6-modda. Qonuniylik printsipi

(6-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ichki ishlar organlari xodimlari o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga aniq rioya etishi hamda ularni bajarishi shart. Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga ko'ra yuz berganidan qat'i nazar, qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo'ladi. Ichki ishlar organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chog'idagi o'zining qonunga xilof xatti-harakatlarini (harakatsizligini) oqlash uchun xizmat manfaatlarini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikni, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qonunga xilof talablari, buyruqlari va farmoyishlarini yoki qonunga muvofiq bo'lmagan boshqa biror-bir holatni ro'kach qilishi mumkin emas. Ichki ishlar organlarining xodimlariga kimnidir g'ayriqonuniy harakatlarni sodir etishga bevosita yoki bilvosita qiziqtirish, ko'ndirish, undash taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.