Ichki ishlar organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan ichki ishlar organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorug'lik signallariga va tovushli signallarga, bo'yoqli rangli grafika sxemasiga ega maxsus avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta'minlanadi.
Mehnatning qatnov xususiyati bilan bog'liq bo'lgan xizmat majburiyatlarini bajaruvchi ichki ishlar organlari xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda shahar yo'lovchi transportidan (yo'nalishli va yo'nalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yo'l chiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya to'lanadi.
Xizmat safariga yuborilgan ichki ishlar organlari xodimlariga transportning barcha turlariga yo'l hujjatlarini safar guvohnomasini ko'rsatib navbatsiz olish huquqi beriladi.
Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanadigan ichki ishlar organlari xodimlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun
40-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida transport vositalaridan foydalanishi tartibi
(40-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.