Air Code

92¹-modda. Yo'lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari

(92¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-337-сонли Қонунига асосан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2012 й., 39-сон, 447-модда)

Yo'lovchi havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga rioya etishi, havo kemasi komandirining yoki ekipaj a'zosining havo kemasi komandiri nomidan bergan parvoz va havo kemasi ichidagi odamlar xavfsizligini, mol-mulk but saqlanishini, tashish shartnomasini ijro etish bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatish tartibi va imkoniyatini ta'minlashga doir farmoyishlarini bajarishi shart. Yo'lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari O'zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma'muriyati tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.